-
O‘zbekistondagi eng yirik tarmoqlar bilan ishlaymizPizza Hut, Hardee’s, Sun Group va boshqalar
-
O‘zbek va rus tillarida 24/7 texnik yordamHar qanday so'rovga 15 daqiqa ichida javob beramiz
-
Toshkentda ofisO’zbekiston bo’ylab ishlaymiz
iiko kafeda har bir jarayonni qanday avtomatlashtiradi
- Kassa
- Zal
- Oshxona
- Ombor
- Xodimlar
- Moliyaviy
- Yetkazib berish
- Sodiqlik
- Prognozlar
-
Navbatsiz xizmat ko‘rsatish
iikoFront kassirga buyurtmalarni tez va xatosiz rasmiylashtirishga yordam beradi. Ichki ko‘rsatmalar, hisobni tez bo‘lish va mijoz ekrani bilan ishlash — barchasi bitta interfeysda.Suiste’mollardan himoya
Tizim kassirning har bir harakatini real vaqt rejimida qayd etadi. Shubhali operatsiyalar alohida hisobotga yig‘iladi — o‘g‘rilik va kamomadlarni aniqlash uchun.Qulay hisob-kitob
Oldindan to‘lovlarni qabul qiling, turli to‘lov usullarini birlashtiring, hisoblarni chiqarish va chekni qaytarishni darhol amalga oshiring. -
Bronlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Barcha bronlar va banket arizalari iiko’da saqlanadi. Administrator mehmon ma’lumotlarini va kelish vaqtini qayd etadi. Sayt va vidjetlardan onlayn bronlar avtomatik ravishda tizimga tushadi.Jonli joylashtirish rejasi
Administrator iikoFront kassasida qaysi stollar bo‘sh yoki band ekanini va ularga nima buyurtma qilinganini ko‘radi. Mehmonlar joylashuvi zal sxemasida yoki ro‘yxatda aks etadi.Xodimlar uchun ko‘rsatmalar
Buyurtma vaqtida ofitsiant mashhur kombolar va dolzarb aksiyalarni ko‘radi. Tizim ko‘rsatmalari mehmonlarga qo‘shimcha taklif qilish va o‘rtacha chekni oshirishga yordam beradi. -
Taom tarkibini nazorat qilish
iiko texnologik xaritalar orqali har bir taomning aniq tarkibi va tayyorlash tartibini belgilaydi. Dastur ishlab chiqarish bosqichlarini nazorat qiladi va har bir taom bir xil standartda tayyorlanishini ta’minlaydi.Ingredientlarni avtomatik hisobdan chiqarish
Taom sotilganda ingredientlar ombordan avtomatik ravishda yechiladi, tushum va xarajatlar tizimda qayd etiladi. iiko real ma’lumotlar asosida tannarxni qayta hisoblaydi.Oshxonada raqamli hujjat aylanishi
Oshpaz qurilma ekranida ichki hujjatlarni (hisobdan chiqarish, ko‘chirish, qayta ishlash) yaratadi. Inventarizatsiya vaqtida qoldiqlarni hisoblash juda tez amalga oshiriladi. -
Ingredientlarni avtomatik hisobdan chiqarish
Har bir savdo iiko’da ombordagi mahsulot miqdorini avtomatik kamaytiradi. Qoldiqlar real vaqt rejimida yangilanadi, tannarx esa savdodan keyin darhol qayta hisoblanadi.Yetkazib beruvchilarga avtomatik buyurtmalar
Dastur har bir mahsulot bo‘yicha kerakli zaxirani hisoblab, mahsulot tugayotganida yetkazib beruvchiga buyurtma shakllantiradi.Yetkazib beruvchilar narxlarini monitoring qilish
iiko kiruvchi narxlarni prays-list bilan solishtiradi va tafovutlarni bildiradi. Agar narx oshib ketgan bo‘lsa, tizim qabul qilishni bloklaydi va mas’ul xodimga xabar beradi. -
Aqlli smena rejalashtirish
iiko muassasa yuklamasi prognoziga asoslanib xodimlar ish jadvalini tuzadi. Dastur har bir smenaga nechta ofitsiant va oshpaz kerakligini hisoblab beradi.Maosh va motivatsiya hisoblash
iiko har bir xodim uchun ish haqi va bonuslarni avtomatik hisoblaydi. Har bir jamoa a’zosi uchun individual motivatsiya dasturi sozlanadi, xodim o‘z ko‘rsatkichlarini ko‘radi, rahbar esa rejalarning bajarilishini nazorat qiladi.Ish vaqti va kadr hujjatlari hisobi
Dastur har bir xodimning kelish-ketishlari, ta’tillari va kasallik varaqalarini qayd etadi. iiko tibbiy ko‘rik muddatlarini kuzatadi va eslatmalar yuboradi. -
Uzluksiz hisob
Har bir savdo, xarajat va xarid iiko’da amalga oshirilgan zahoti qayd etiladi. Buxgalteriya uchun ma’lumotlar qo‘lda kiritishsiz va vaqt yo‘qotmasdan bir bosishda yuklab olinadi.Barcha nuqtalar bo‘yicha monitoring
Dastur barcha savdo nuqtalari va hisoblar bo‘yicha mablag‘lar harakatini kuzatadi. Har bir muassasa bo‘yicha qoldiqni istalgan vaqtda ko‘rish mumkin, tizim ma’lumotlarni moliyaviy hisob bilan avtomatik solishtiradi.Majburiyatlarni nazorat qilish
iiko har bir hujjat bo‘yicha qarzdorlikni qayd etadi va to‘lov muddatlarini kuzatadi. Tizim yaqinlashayotgan to‘lovlar haqida oldindan ogohlantiradi va kechikishlarning oldini oladi. -
Kuryerlar bilan ishlashni avtomatlashtirish
iikoDelivery va iikoDriver yetkazib berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni o‘z zimmasiga oladi. Yangi buyurtmalar dasturga avtomatik tushadi va operator ishtirokisiz darhol bo‘sh kuryerlarga taqsimlanadi.Mijozga marshrutni soniyalar ichida qurish
iikoDriver kuryerlar uchun navigatsiya va optimal marshrutni ta’minlaydi. Ilovada xaritalar mavjud bo‘lib, ular mijozga eng qisqa yo‘lni ko‘rsatadi.Har bir yetkazib berishni to‘liq nazorat qilish
Buyurtma statusi real vaqt rejimida kuryerda ham, restoranda ham yangilanadi. Menejer iikoWeb orqali har bir kuryer qayerdaligini va yetkazib berish qaysi bosqichda ekanini ko‘radi. Naqd to‘lovlar dasturda avtomatik qayd etiladi. -
Aksiyalar va chegirmalar konstruktori
iikoCard mehmonlar uchun har qanday rag‘batlantirish dasturlarini yaratishga imkon beradi: chek bo‘yicha chegirmalar, bonus ballar, tug‘ilgan kun sovg‘alari va promo-aksiyalar.Raqamli bonus kartalar
Har bir tashrif buyuruvchi telefon raqamiga bog‘langan elektron kartani oladi. Kartaga bonuslar yig‘iladi, push-xabarnomalar orqali esa mehmon yangi taklif va aksiyalar haqida bilib boradi.Biznesga xizmat ko‘rsatish
iiko korporativ depozit kartalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tashkilot xodim kartasiga mablag‘ o‘tkazadi va u orqali muassasada tushliklarni to‘laydi. -
Foyda rejasi
iiko o‘tgan davrlar statistikasini hisobga olib, unga mavsum, hafta kuni va tashqi omillarni qo‘shadi. Dastur istalgan vaqt oralig‘i uchun kutilayotgan foydani ko‘rsatadi.Xaridlarni avtomatik hisoblash
Rejalashtirilgan sotuvlar asosida dastur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblaydi va yetkazib beruvchiga buyurtmani mustaqil yuboradi.Oshxona yuklamasi jadvali
Tizim kutilayotgan yuklamaga qarab oshxona uchun soatlab reja tuzadi. Oshpaz oldindan qachon va qancha yarim tayyor mahsulot tayyorlash kerakligini biladi (ochilish, tushlik va kechki paytlar uchun).
Muassasangizni iiko tizimiga ma’lumot yo‘qotmasdan o‘tkazamiz
O'zbekistonda iiko tariflari
Muassasalarni avtomatlashtirish bo‘yicha ishonchli hamkor
-
500+ mijoz
Butun O‘zbekiston bo‘ylab Kafesoft bilan ishlashadi
-
1 kundan ishga tushiramiz
iiko tizimini sozlaymiz, joriy qilamiz va noldan o‘qitamiz. Masofadan turib yoki joyiga chiqib ishlaymiz
-
Xodimlarni joyida o‘qitamiz
O‘zbekistonda maxsus jihozlangan o‘quv xonaga ega yagona kompaniya
-
O‘zbekiston bozorida 5 yillik tajriba
Yuzlab muvaffaqiyatli ishga tushirishlar, mamnun mijozlar va bozorni chuqur bilish
-
Har qanday murakkablikdagi integratsiyalar
iiko tizimini Rahmat, UDS, Yandex Eda, Uzum, 1C, DiscountApp va Epos bilan integratsiya qilamiz
-
Xalqaro tajriba
Butun Markaziy Osiyo bo‘ylab 7500 ta muvaffaqiyatli loyiha tajribasi
Mijozlarimiz
Yordam, maslahat yoki iiko sozlash kerakmi?
Bizga yozing, tez orada siz bilan bog‘lanamiz.